AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati legal muhojirlarga Amerika fuqaroligi va grin-karta olish jarayonini murakkablashtiruvchi taklifni kiritishi kutilmoqda. Bu haqda NBC News telekanaliga tayanib Kun nashri xabar berdi.
Hukumat rejasi bilan tanish to‘rt anonim manba Tramp ma’muriyati legal muhojirlarga AQSh fuqaroligini yoki grin-karta olish imkoniyatini qiyinlashtirishni rejalashtirayotganini xabar qildi.
NBC bu AQShda har yili huquqiy maqomga ega bo‘layotgan muhojirlar sonini qisqartirishni istayotgan Oq uy katta maslahatchisi Stiven Miller rejasining bir qismi ekanligini ta’kidlamoqda. Qayd etilishicha, ayrim takliflar Oq uyning byudjet va ma’muriy masalalar bo‘yicha boshqarmasiga yuborilgan.
Takliflarga ko‘ra, qachondir ijtimoiy sug‘urta, bolalar tibbiy sug‘urtasi, oziq-ovqat talonlari va boshqa imtiyozlardan foydalangan AQShda qonuniy asoslarda yashayotgan muhojirlar va ularning oilalariga AQShda yashash uchun huquqiy maqom olishda to‘siqlar bo‘lishi mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi