Trampning qaynotasi va qaynonasi AQSh fuqaroligiga qabul qilindi

Trampning qaynotasi va qaynonasi AQSh fuqaroligiga qabul qilindi
AQSh prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melanya Trampning ota-onasi Amerika fuqaroligiga qabul qilindi, deya xabar beradi «Xabar» nashri.

Amerika birinchi xonimining ota-onasi Viktor va Amaliya Knavs Nyu-Yorkda o‘tkazilgan tadbirda qasamyod qilib Amerika fuqaroligiga o‘tdi.

Kuyovi Donald Trampdan bor-yo‘g‘i ikki yosh katta bo‘lgan 74 yoshli qaynota Viktor Amerikaga kelishidan avval Sloveniyada avtomobil galereyasida xizmat qilgan.

Qaynona Amaliya esa tekstil fabrikasida ishlagani ma’lum bo‘ldi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar