Shimoliy Koreya hukumati Koreya yarim orolini to‘liq va tekshiriluvchi yadrosizlantirish borasida Qo‘shma Shtatlarning takliflariga rozi bo‘lmadi. Bu haqda CNN telekanali diplomatik manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh vakillari Koreya yarim orolidagi yadroviy qurolsizlanish to‘g‘risida KXDRga takliflar kiritishda davom etmoqdalar. Biroq, ularni Shimoliy Koreya tomoni qabul qilmayapti. Manbalardan birining ta’kidlashicha, Shimoliy Koreyada bu takliflarni «bosqinchilarga xos», deb hisoblashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya yadro va raketa dasturlari ustida ishlashni davom ettirayotgani xabar berilgandi.
Mustaqil ekspertlar KXDR BMT Xavfsizlik kengashining rezolyutsiyalarini buzgan holda o‘z yadro dasturi ustida ishlashni davom ettirayotganini ta’kidlamoqdalar. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi