Internetda avtomobil ko‘prigining qulab tushishi tasvirlangan, Genuyadagi shahar kameralari tomonidan olingan video paydo bo‘ldi. Kadrlar YouTube’dagi La Repubblica nashri kanali tomonidan e’lon qilindi.
Genuyada uzunligi taxminan 200 metr bo‘lgan avtomobil ko‘prigining bir qismi 14 avgust kuni qulab tushdi. Natijada, o‘nlab yengil avtomobillar va bir nechta yuk mashinasi vayronalar ostida qolib ketdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 43 kishi halok bo‘lgan. Shuningdek, qutqaruvchilar Genuyadagi ko‘prikning yana bir qismi tayanch ustunlarisiz qolgani tufayli turar-joy binolariga qulab tushishi mumkinligidan ogohlantirishdi.
Qulashga nima sabab bo‘lgani hali ham noma’lum. Bir versiyaga ko‘ra, hodisa kuchli yomg‘ir tufayli sodir bo‘lgan. Genuya prokurorining so‘zlariga ko‘ra, bu inson xatosi tufayli yuz bergan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi