Forbes nashri eng serdaromad aktyorlarning har yillik an`anaviy reytingini taqdim qildi. Nashr talqiniga ko'ra, 2018 yilning eng serdaromad aktyori Jorj Kluni bo'ldi. Aktyor 2017 yil iyunidan 2018 yil iyunigacha, ya`ni bir yil ichida 239 mln dollar ishlab topgan.
O'tgan yil ichida Kluni ishtirokidagi filmlar prokatga deyarli chiqmagan. Aktyor daromadining deyarli hammasini tekila ishlab chiqaruvachi kompaniyasi Casamigos Tequila’ni sotishdan olgan. Aktyor kompaniyaga ikki sherigi bilan 2013 yilda asos solgan. Kompaniya 1 mlrd dollarga sotilgan, Kluni bundan 233 mln dollar ishlab olgan.
Reytingda 2-o'rinni 124 mln dollar ishlab topgan Dueyn Jonson egallagan. Ta`kidlanishicha, aktyorning joriy yildagi daromadi o'tgan yilgisidan deyarli ikki martaga oshgan.
3-o'rinni Kichik Robert Dauni egallagan. Aktyor bir yil ichida 81 mln dollar ishlab topgan. Aktyor asosiy daromadni “Qasoskorlar: Cheksizlik urushi” filmidan olgan.
Reytingning 4- va 5-o'rinlarini Kris Xemsvort (64,5 mln dollar) va Jyeki Chan (45,5 mln dollar) egallagan. Ta`kidlash joizki, o'tgan yil tinib-tinchimas Chan ishtirokida naq 6 ta film katta ekranlarga chiqqan.
Umuman olganda reytingdan o'rin olgan eng serdaromad 10 aktyorning bir yil ichidagi umumiy daromadi 748,5 mln dollarni tashkil qilgan.
2017 yilda eng serdaromad aktyor 68 mln dollar ishlab topgan Mark Uolberg bo'lgandi.
Avvalroq Forbes yilning eng serdaromad aktrisalari reytingini ma`lum qilgandi. Unga ko'ra, Skarlett Yoxansson eng serdaromad aktrisa bo'lgan. Aktrisa bir yil ichida 40,5 mln dollar ishlab topgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi