
AQSHning Yuta shtati mutasaddi idoralari togʻdagi koʻllarga tirik baliqlarni yetkazishning yangi usulini oʻylab topishdi. Baliqlar samolyotlarda yetkazilib, soʻngra koʻllar ustida tashlanmoqda. Tegishli video Vuzeenews News tomonidan eʼlon qilingan.
Yuta maʼmuriyati bu qarorni koʻllarga avtomobillarda yetib borish qiyinligi bilan izohlashgan.
Amaldorlarning taʼkidlashicha, baliqlar samolyotda tashilganda ularning 95-99 foizi tirik qoladi. Bu baliqni avtomobillarda tashishdan ancha yuqoriroq koʻrsatkichdir, chunki baliqlar “kamroq stress his qiladilar”.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar