21:10 / 02.09.2018
5 032

Yulduzlar restoranda qancha choychaqa qoldirishadi?

Yulduzlar restoranda qancha choychaqa qoldirishadi?
Jennifer Eniston yoshligida restoranda ofitsiant boʻlib ishlagani, bu ishning qanchalik ogʻirligini tushungani bois restoranda choychaqa qoldirishni kanda qilmaydi, deb xabar beradi Darakchi nashri.

Sandra Ballok ham yoshligida ofitsiant boʻlib ishlagani tufayli saxiylikda Enistondan qolishmaydi.

Sharliz Teron oʻgʻli Jekson bilan Los-Anjelesda aylanib yurganida oʻgʻliga mevali yogurt olib bermoqchi boʻldi, biroq hamyoni uyda qolganligini koʻrib, kayfiyati tushdi. Sharlizni tanib qolgan sotuvchi pulini keyin olish sharti bilan mevali yogurtni unga taqdim etdi. Oradan bir soat oʻtar-oʻtmas uyidan pul olib kelgan Sharliz sotuvchiga 3,75 dollarning oʻrniga 100 dollar pulni sovgʻa qildi.

Jonni Depning qoʻli ochiqligi ham odamni hayratga soladi. U yiliga restoranlarda 4 ming dollar atrofida choychaqa qoldiradi.

Bu borada repper Jey Zi rekord oʻrnatib, oʻziga xizmat qilgan restoran xizmatchilariga 50 ming dollar choychaqa qoldirdi.

Teleboshlovchi Ellen Dedjeneres iqtisodiy ahvolidan noligan ofitsiant qizning gaplarini eshitib qolib, unga 10 ming dollarlik chek va yangi avtomobil sovgʻa qildi.

Yuqoridaga maʼlumotlarni oʻqib, barcha yulduzlar shunday qoʻli ochiq, saxiy insonlar ekan, deb oʻylamang. Xonanda Britni Spirs yaxshigina pul topishiga qaramay, hech qachon ofitsiantlarga choychaqa qoldirmaydi.

Madonna toʻlashi kerak boʻlgan miqdorning 5 % hisobida choychaqa qoldiradi, xolos.

Xonanda Merayya Keri doʻstlari bilan restoran yopilgandan keyin ham maishat qilsa-da, ish vaqtidan tashqari qilingan xizmat uchun bir sent ham bermaydi.

Xasis yulduzlar xit-paradida mashhur golfchi Tayger Vuds yetakchilik qiladi. Bir kuni u Las-Vegasda bergan choychaqasini qaytarib olishdan uyalmay, ortiga qaytdi. Tayger Vuds ofitsantning oldiga kelib, adashib ikki marta haq toʻlaganini aytgan va bergan pulini qaytarib olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yulduzlar restoranda qancha choychaqa qoldirishadi?