Shou-biznes olamida yana bir toʻy

Shou-biznes olamida yana bir toʻy
Kanadalik qoʻshiqchi Jastin Biber amerikalik model Xeyli Bolduinga uylandi, deb yozadi “Hordiq” nashri
Shou-biznes olamida yana bir toʻy
Xonandaning oilasiga yaqin manbalarning soʻzlariga koʻra, Jastin va Xeyli 14 sentyabr kuni Nyu-York sudida nikohni rasmiylashtirgan. Cherkovdagi toʻy marosimi esa oila aʼzolari va yaqin doʻstlar ishtirokida keyinroq boʻlib oʻtadi.

7 iyul kuni Bagama orollaridagi hordiq paytida 24 yoshli Biber 21 yoshli Bolduinning qoʻlini soʻragan edi.

Xeyli Bolduin aktyor Stiven Bolduinning qizi, Alek Bolduinning jiyani.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar