06:00 / 17.09.2018
3 199

Turkmaniston kemalar qurishni rejalashtirmoqda

Turkmaniston kemalar qurishni rejalashtirmoqda
Turkmaniston turli sinfdagi va turdagi kemalar qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Turkmaniston vazirlar mahkamasi yigʻilishida maʼlum qilindi.

Vazirlar mahkamasi raisining transport-kommunikatsiyasini nazorat qiluvchi oʻrinbosari M.Chakiyevning aytishicha, ayni vaqtda respublikadagi “Balkan” kemasozlik va taʼmirlash zavodida uchta kema – “Turkmaniston” va “Mahtumquli” yuk kemalari va “Bitarap” neft tankeri taʼmirlanmoqda.

Yaqin istiqbolda turli sinfdagi va turdagi kemalarni qurish rejalashtirilmoqda. Ular orasida gʻildirakli texnikani (avtomobillar, yuk mashinalar, tirkamalar va vagonlar) tashish uchun RO-RO paromlari bor.

Chakiyev Boeing 737 MAX 7 samolyotlarini sotib olish haqidagi loyihani ham taqdim qilgan. U mamlakat prezidentining soʻzlarini keltirib oʻtib, mamlakat transport siyosati transport majmuasi quvvatlarini oshirish va milliy dengiz floti salohiyatini kengaytirishni talab qilishini aytgan. Bunda “Balkan” zavodi mahalliy kemasozlikni rivojlantirish uchun asos boʻlishi lozim. Chakiyev tegishli mutaxassislarni mamlakatda va xorijda tayyorlash muhimligiga eʼtibor qaratgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston kemalar qurishni rejalashtirmoqda