5 174
Aqtoʻbeda yonib ketgan avtobus haydovchisi halokati haqidagi yangi tafsilotlarni oshkor etdi
Qozogʻistonning Aqtoʻbe viloyatida yonib ketgan avtobus haydovchisi 52 nafar Oʻzbekiston fuqarosining halokati haqidagi tafsilotlarni oshkor etdi, deb yozadi Daryo.uz. nashri.
17-sentabr kuni ushbu ish boʻyicha soʻrovlar davom etdi. Barot Tanatov oʻz koʻrsatmalarini berdi. U Pernebekovga rulda yordam bergan. Tanatovning oʻzi Rossiyaga avtomobil sotib olish maqsadida yoʻlovchi sifatida otlangan. Oʻsha mashʼum kun — 18-yanvarda, Tanatovning soʻzlariga koʻra, kuchli sovuq boʻlgan.
Solyar moyi sifatsiz boʻlib chiqqani sababli avtobus toʻxtagan, yoʻlovchilar esa muzlashni boshlagan. Haydovchilar salonda benzinli kavsharlash lampasidan foydalanish xavfli ekanligini tushungan, ammo uni oʻsha kuni kim yoqqani nomaʼlum. Haydovchilar bunga aloqadorligini rad etmoqda.
“Ertalab 7:30 da uygʻonganimda kavsharlash lampasi yonib turardi, yoʻlovchilar esa uning yonida isinib oʻtirishgandi. Shunda bu xavfli ekanligini, uni olib qoʻyish kerakligini aytdim. Soʻng kelib toʻxtagan avtobusdan bizni shatakka olishni soʻrash uchun koʻchaga chiqdim. Ortimdan Qirgʻizboyev ham keldi. Maqsad Pernebekov bu paytda uxlayotgan edi”, — dedi Barot Tanatov.
Ikkala haydovchi ham tashqariga chiqqanidan keyin yongʻin yuz bergan. Odamlar 7—10 daqiqa ichida yonib ketgan.
“Yoʻlovchilardan biri kavsharlash lampasini oyogʻi bilan turtib yuborgan. Koʻchaga bir yoʻlovchi yugurib chiqdi, uning shimi yonayotgan edi. Soʻng yana bir yoʻlovchi va haydovchi Maqsad Pernebekov chiqdi. Eshik ochilganida, shamol tufayli alanga yanada avj oldi. U butun avtobusni qamrab oldi. Paqillagan tovush eshitildi. Qop-qora tutun qopladi. Biz avtobus oynalarini sindirib, ichkaridagilarga sakrab chiqishni aytib baqira boshladik. Qora tutun qamragan salondan odamlarning baqir-chaqirlari eshitilardi, ammo ulardan hech biri tashqariga sakrab chiqmadi”, — dedi Tanatov. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi