
Amerikalik mashhur rep ijrochi, 50 cent taxallusi ostida ijod qiluvchi Kertis Jekson rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedovning Mutlaq jangchilar chempionatidan (UFC) ehtimoliy ketishi haqida o‘z fikrini bildirdi.
Musiqachi UFC 229 musobaqasida Konor Makgregor ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng yuz bergan mushtlashuv sababli rossiyalikka gonorar to‘lamayotgan UFC rahbariyatining xatti-harakatlarini qoralab chiqdi. 50 cent so‘zlariga ko‘ra, u Bellator’ga o‘tishi uchun Habibga pul to‘lashga tayyor.
«UFC’ning Habibga nisbatan ko‘rsatayotgan munosabati - noto‘g‘ri, chunki ular Konor bilan ham xuddi shu ishni qilishmadi. Agar Habib men uchun Bellator’da jang qilsa, bugunning o‘zidayoq 2 million dollar naqd pul to‘layman», - deya yozgan rep ijrochi tvitterda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!I️ think it’s wrong what the UFC is doing to Khabib, they didn’t do the same thing to McGregor. I’ll pay 2 million cash tonight if he will fight for me at Bellator. pic.twitter.com/K7QYxR4IHI
— 50cent (@50cent) October 13, 2018
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar