Piyoz Ukraina va Yevropa mamlakatlari bozorida haqiqiy trend bo‘lib qolyapti. Xususan, Polshada ushbu mahsulot narxi o‘n yillik rekordni yangilab, qimmatlashishda davom etmoqda. Bu haqida FreshMarket sayti Ukraina meva-sabzavot uyushmasi tahlilchilari ma’lumotiga asoslanib xabar berdi.
Ekspertlarning qayd etishicha, birgina oktyabr oyining boshida Polsha bozorida piyoz narxi o‘rtacha 1,5 barobar oshgan. Boz ustiga, polyak ishlab chiqaruvchilari talab ortishi munosabati bilan bu ko‘rsatkichlarni o‘zgartirishiga to‘g‘ri kelmoqda. Masalan, hafta boshidan buyon ushbu sabzavot narxi qiymati 8 foiz qimmatlashgan. Oqibatda bugungi kunda Polshada bir kilogramm piyoz 1,2-1,4 zlotiy(0,32-0,37 yevro)dan taklif qilinmoqda. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘rtacha 2,6 barobar qimmatdir.
Bozor ishtirokchilarining ko‘pchiligi Polshada piyozga nisbatan talab yuqori bo‘lgani uchun uning narxi yana oshishiga ishonchi komil. Boz ustiga, mazkur mahsulotni nafaqat mahalliy ulgurji kompaniyalar, balki noqulay ob-havo tufayli piyoz hosili kamayib ketgan YeIning boshqa davlatlari importchilari ham sotib olayotir. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi