Google kompaniyasi ikki yil ichida jinsiy shilqimlik qilishda ayblangan 48 nafar xodimni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda The Washington Post Google rahbari Sundar Pichaidan xodimlar qabul qilib olgan kompaniya ichki maktubiga asoslanib xabar bermoqda.
Maktubda qayd etilishicha, 48 kishi orasida 13 nafari kompaniyada yuqori lavozimlarda ishlagan. Shuningdek, u yerda aytilishicha, ishdan bo‘shatilgan xodimlarning hech biri ishdan bo‘shaganda qonunga muvofiq beriladigan pulni olmagan.
Pichaining maktubi OAVning Google Android yaratuvchisi, shilqimlikda ayblangan Endi Rubinga ishdan bo‘shatilganidan so‘ng 90 million dollar to‘lab bergani haqidagi ma’lumotlariga o‘ziga xos reaksiya bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyodagi eng yaxshi ish beruvchilar ro‘yxati e’lon qilingandi.
Google'ga egalik qiluvchi Amerikaning Alphabet Inc. xoldingi dunyodagi eng yaxshi ish beruvchilar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi