
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Grozniy shahridagi «Checheniston yuragi» masjidi qarshisida arg‘imchoq uchdi. Respublika rahbarini «Ahmat» jang klubi prezidenti Abuzayd Vismurodov uchirib turgan. Ularning har ikkisi Instagram’dagi sahifalarida ushbu jarayon videolarini e’lon qildi.
«Bir necha lahzaga bo‘lsa-da bolalikka — qordek oppoq poklik va beg‘araz muloyimlik ummoniga qaytishga erinmang. Siz bilan birga o‘sha baxtli lahzalarga qaytishni orziqib kutayotgan insonni toping. Erinmang, ehtimol, sizni qayerdadir bolalikdagi do‘stingiz kutayotgandir», — deb yozgan ushbu video ostida Ramzan Qodirov.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar