
Tojikiston prezidentining qudasi va sobiq energetika vaziri Gul Sheralining o‘g‘li Dilovar Gulov qamaldi. Dushanbe sudi 2 noyabr kuni Dilovar Gulovni jinoyat kodeksining bezorilik moddasi bo‘yicha aybdor deb topgan va bir yilga ozodlikdan mahrum qilgan. Bu haqda "Asia Plus" ga tayanib Turon24 AA xabar bermoqda.
Dilovar Gulov iyul oyida Tojikiston Ichki ishlar vazirligining uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi xodimini kaltaklagani ortidan hibsga olingandi. Sud jarayonida Dilovar Gulov IIV xodimini do‘pposlaganini tan olgan, lekin mojaro jabrlanuvchining aybi bilan kelib chiqqanligini aytgan. Sud Gulovning voyaga etmagan ikki farzandi borligini hisobga olib, jazoni yengillashtirgan.
Ma’lumot uchun: mahkumning otasi Sherali Gulov 2006-2013 yillarda energetika vaziri bo‘lgan. Sherali Gulov Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning qudasi bo‘ladi, farzandlaridan biri davlat rahbarining qizi Parvina Rahmonga uylangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar