Yevrosiyo go‘zallik tanlovining 2016 yildagi g‘olibasi 25 yoshli Sibel Demiralpga tovlamachilik va odam o‘g‘irlash ayblari bilan 13 yillik qamoq jazosi tayinlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, Sibel tovlamachilar to‘dasi bilan aloqada bo‘lgan.
U internet orqali boy zargar bilan tanishadi. Shundan so‘ng yangi tanish qiz bilan shaxsan uchrashmoqchi bo‘ladi. Ayni maqsadda Sibel xonadoniga boradi. Ammo, bu vaqtda uni bosqinchilar kutib turgan edi. Ular zargarga tan jarohati yetkazishdan tashqari, 240 ming lira (45 ming dollar atrofida) ham talab qilishadi. Jabrdiyda aytilgan pulni to‘lab, jonini saqlab qoladi.
Mazkur voqeadan politsiya tezda xabar topib, to‘daning barcha a’zolari, xususan Sibelni ham qo‘lga olgan.
Xabarda qayd etilishicha, tovlamachi to‘daning Sibeldan tashqari boshqa a’zolariga ham uzoq yillik qamoq jazosi tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi