10:18 / 11.11.2018
4 613

Ekvador o‘rmonlarida fanga butkul noma’lum bo‘lgan bo‘ri boshli o‘rgimchak turi aniqlandi

Ekvador o‘rmonlarida fanga butkul noma’lum bo‘lgan bo‘ri boshli o‘rgimchak turi aniqlandi
Professional suratkash va tadqiqotchi Andreas Key yaqinda Ekvadorning seryomg‘ir o‘rmonlarini kezish jarayonida ajabtovur bir manzaraga duch keldi. U o‘rmonda bo‘ri boshli fanga umuman ma’lum bo‘lmagan o‘rgimchak turini uchratdi va darhol suratga oldi. Izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, bo‘ri boshli o‘rgimchaklar dinozavrlar davrida ham mavjud bo‘lgan. Faqat ularni shu kunga qadar deyarli hech kim uchratmagan. Bu o‘rgimchakning it yoki bo‘rini eslatuvchi boshi esa dushmanni qo‘rqitish uchungina asqotarkan.

Andreas Key shu qadar qiziqib qoldiki, bo‘ri boshli o‘rgimchakning odamlar hayoti uchun zararli jihatlarini o‘rganishga tutindi. Yo‘q, bu o‘rgimchak turi qanchalar qo‘rqinchli bo‘lmasin, insoniyatga ziyon yetkazmas ekan. Ular chaqmaydi va zahar sochmaydi. Sababi, bo‘risifat boshi tishlashga qodir emas. O‘rgimchak organizmida umuman zahar yo‘q.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ekvador o‘rmonlarida fanga butkul noma’lum bo‘lgan bo‘ri boshli o‘rgimchak turi aniqlandi