
Avtohalokat Rossiyaning Astraxan viloyatiga qarashli Tambov-Volgograd-Astraxan serqatnov yo‘lining 1352- kilometrida sodir bo‘ldi.
«Lada Largus» avtomobili rulini boshqarib borayotgan 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi uxlab qolishi natijasida mashina yo‘l chetiga chiqib ag‘darildi. Buning oqibatida haydovchi yengil jarohat bilan cheklandi. Ammo salondagi 3 nafar yo‘lovchi jiddiy jabr ko‘rdi.
Masalan, 42 yoshli ayol miya chayqalishiga uchradi, ko‘krak qafasi, umurtqa pog‘onasida ham jarohat izlari borligi aniqlandi. 43 yoshli ikkinchi yo‘lovchi erkakning burun suyagi sinib ketdi. 58 yoshli ayol yopiq turdagi bosh miya jarohati bilan kasalxonaga yotqizildi.
Ushbu avtohalokat yuzasidan ma’muriy chora ko‘rish harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar