14 noyabrda Instagram ijtimoiy tarmog‘i ma’muriyati Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning akkauntini (@kadyrov_95) blokdan chiqardi. Qodirovning aytishicha, uning akkauntiga kirish 11 oylik taqiqlovdan keyin qaytarildi. Qodirov unga akkauntiga taqiqlov sababi tushuntirilgani yoki yo‘qligiga oydinlik kiritmagan.
Checheniston rahbarining ta’kidlashicha, har qanday ijtimoiy tarmoq ma’muriyati “aloqalar va erkin muloqotning rivojlanishiga ko‘mak berishi kerak” va “yuz bergan xato” boshqa qaytarilmasligiga umid bildirgan. “Bu vaqt davomida mening millionlab obunachilarim birinchi qo‘llardan ma’lumot olish imkoniyatidan mahrum etildilar”, deb ta’kidlab o‘tgan Qodirov.
Qodirov akkaunti tiklangandan keyingi birinchi postini to‘pponchasi va uni qanchalik “yaxshi ko‘rishiga” bag‘ishladi.
2017 yil 23 dekabrda Qodirovning ijtimoiy tarmoqdagi akkaunti yo‘qolib qolgan. U buni “ijtimoiy tarmoqning Oq uydagi homiylari harakatlari” bilan bog‘lagan. Bu yuz berishidan sal avvalroq Qodirov AQSh moliya vazirligining “Magnitskiy ro‘yxatiga” tushgan edi.
Chechenistonning milliy siyosat va tashqi aloqalar vaziri Jonpo‘lat Umarov Qodirov akkauntining yo‘qolishini “AQSh davlat departamenti kiberhujumi” bilan tushuntirgan.
Qodirov shundan keyin yangi profil ochgan va obunachilarini Chechenistonda ishlab chiqilgan Mylistory ijtimoiy tarmog‘ida qayd qilinishga chorlagan. Ta’kidlanishicha, bu ijtimoiy tarmoqda deyarli barcha jihatdan Instagramdan nusxa ko‘chirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Tojikiston va AQSH terrorchilar harakatini kuzatish tizimini joriy etadi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”