Moskva shahar sudi 2016 yilning may oyida migrantlar bilan ommaviy mushtlashuv tashkillashtirgan Xovan qabristoni direktori Yuriy Chabuyevni aybdor deb topdi va unga 11 yil qamoq jazosi berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik.
Chabuyev mehnat migrantlarini qabristondagi xizmatlar bozoridan siqib chiqarish maqsadida tartibsizliklar tashkillashtirishda ayblandi. Qamoq jazosidan tashqari Chabuyevga 2 yil davomida davlat va munitsipal xizmat organlarida har qanday lavozimda ishlash ta’qiqlandi.
Undan tashqari, tartibsizlik tashkilotchilaridan yana biri – Aleksandr Bocharnikovga sud 9 yil qattiq tartibli qamoq jazosi berdi. Jinoiy ish yuzasidan umumiy hisobda 17 kishiga 4 yildan 13 yilgacha qamoq jazosi berildi. To‘plangan materiallar soni – 100 tomdan oshib ketdi.
Sud xabarida aytilishiga ko‘ra Xovan qabristoni direktori vazifasini bajaruvchisi Yuriy Chabuyev qabristonda ishlayotgan markaziy osiyolik migrantlardan “tovon” puli talab qilgan. Bunga migrantlar qarshilik bildirganidan so‘ng esa Aleksandr Bocharnikov boshchilik qilgan “Zdorovaya natsiya” sport klubi sportchilarini jalb qilgan holda, migrantlarni jazolamoqchi bo‘lgan.
2016 yilning 14 may kuni sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuvda 3 nafar migrant qurbon bo‘lgan. Huquqni saqlash organlari 112 kishini hibsga olgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Mirjalol Qosimov "Shabab Al-Ahli"ga qarshi o‘tadigan muhim uchrashuv oldidan nimalar dedi?

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Mikael Sekeyra ishtirokidagi matbuot anjumani

Dubayda ishlayotgan Alisher Uzoqov Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi (video)

"Gubernator kubogi"ni Xalakov va Mirzahmedov g‘alaba bilan boshladi

"Gubernator kubogi"da Boturov, Ro‘zmetovdan g‘alaba, Sanjar Tursunov esa...

Rossiya kemalar va samolyotlar guruhini Qrimda to‘plagan. Hududda nimalar bo‘lyapti?

Imomning qizi eshikni taqillatar edi...

Yuliy Yusupov «Sovplastital» ishi bo‘yicha suddan keyin tizimni tanqid qildi