date

Ukrainada 25 ming nafar milisionerlar va prokurorlar ishdan bo‘shatiladi

Ukrainada 25 ming nafar milisionerlar va prokurorlar ishdan bo‘shatiladi

Ukraina Oliy Radasi 29 dekabrga o‘tar kechasi Bosh prokuraturaning 5 ming nafar xodimi va Ichki ishlar vazirligining 20 ming nafar xodimini qisqartirish haqidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda “UNN” agentligiga asoslanib, “lenta.ru” xabar beradi.

Deputatlar, shuningdek, byudjet xarajatlarini tejash maqsadida bir necha imtiyozlarni bekor qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ham ma’qullashdi. Unga muvofiq, 2015 yilning 1 iyunidan transportda bepul yurish imtiyozi faqatgina 1- va 2-guruh nogironlariga, nogiron bolalarga, etimlarga, kam ta’minlangan oilalarda tarbiyalanuvchi o‘quvchilarga, harbiy harakatlar ishtirokchilariga taqdim etiladi. Sanatoriyalarda bepul davolanish Chernobil AESdagi avariyadan jabr ko‘rgan 1-toifali nogironlarga to‘liq hajmda taqdim etiladi.

Yangi qonunga muvofiq, 2015 yilda davlat tashkilotlari va byudjet muassasalari xodimlarining eng ko‘p ish haqi eng kam ish haqining 10 barobaridan oshmasligi kerakligi belgilab qo‘yildi. Xuddi shunday chora (10 minimal ish haqi) davlat kompaniyalari xodimlariga nisbatan ham qo‘llaniladi. Milliy xavfsizlik va mudofaa uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan tashkilotlar, Ukraina sharqidagi janglarda ishtirok etayotgan harbiylar, Antikorrupsiya byurosi va Korrupsiyaning oldini olish agentligiga esa bu cheklovlardan mustasno hisoblanadi.

“112 Ukraina” telekanalining ta’kidlashicha, Rada bekor qilinishi mo‘ljallangan ta’lim sohasidagi imtiyozlarni o‘zgarishsiz qoldirdi. Xususan, oliy ta’lim muassasalariga tanlovdan tashqari kirish me’yorlari, shifoxonlarda va ta’lim muassasalarida oziq-ovqat ta’minoti hamda siyosiy mahbuslarga taqdim etiladigan barcha imtiyozlar o‘zgarishsiz saqlab qolingan.

Manba: kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada 25 ming nafar milisionerlar va prokurorlar ishdan bo‘shatiladi