Texas shtatida istiqomat qiluvchi Kristofer Prekopiyaga o‘zi tushgan selfi jinoyat bo‘yicha o‘zini aybsiz ekanligini isbotlashga yordam berdi. Bu haqda Sputnik RIA Novostiga asosan xabar qildi.
Yoshi yigit o‘zining sobiq qiziga suyuqasd qilishda ayblanayotgan bo‘lgan. U Kristofer uning uyiga bostirib kelganligi va ko‘krak qismida pichoq bilan xoch rasmini chizib jarohat yetkazganligi haqida politsiyaga ariza bilan murojaat qiladi.
Barcha ayblovlar faqat jabrlangan ayol so‘zlariga asoslanganligiga qaramasdan, Prekopiya shu kecha oilasi bilan bo‘lganligini ta’kidlaydi, biroq u hibsga olinadi.
Qoralovchi tomoni unga 99 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishini talab qildi. Keyinchalik yigitning yaqinlari uni 150 ming dollar garov evaziga qo‘yib yuborilishiga muvaffaq bo‘lishdi.
Yigitning aybsizligini uning onasi isbotladi. U qizga hujum qilingan kuni ular oilasi bilan voqea joyidan 65 km uzoqlikda joylashgan otelda kechki ovqat qilganligi esiga tushadi. Shu bilan birga, ular foto-suratga tushib, ijtimoiy tarmoqlarga qo‘yishgan, xususan Kristofer geolokatsiya bilan Facebookda selfi suratini joylashtiradi. Bu fotosurat politsiya xodimlarini shu yigit hodisa yuz bergan vaqtda umuman boshqa joyda bo‘lganligiga ishontirdi.
Keyinchalik xafa bo‘lgan qiz, sobiq yigitdan qasos olish maqsadida shu voqeani o‘ylab topganligi ma’lum bo‘ldi.
Bu ishda tushunarsiz holatlar juda ko‘p. Jumladan, haqiqatda shu qizga hujum qilinganmi yoki u o‘ziga o‘zi jarohat yetkazdimi. Shuningdek, Prekopiyani shu restoranda ko‘rgan guvohlar politsiyani ishontira olmaganligi tushunarsiz holat. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!