
Foto: «Korrespondent.net»
Germaniyaning Kyukxoven shahridagi aerodrom yaqinida ikkita o‘ta yengil samolyot bir-biri bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda «Xabar.uz» ma’lum qilmoqda. Aviahalokat bugun, 17 noyabr kuni sodir bo‘lgan.
Uchuvchilardan biri halok bo‘lgan, u 70 yoshda edi. Ikkinchi samolyot uchuvchisi jiddiy jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan, u 60 yoshda edi.
Ta’kidlanishicha, ikki uchuvchi ham «L19» modelda parvoz qiluvchi mahalliy uchish klubi a’zolari bo‘lgan.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuv bitta samolyot endi ko‘tarilayotgan, ikkinchisi esa qo‘nayotgan chog‘ida sodir bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar