
Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida kuyov to‘y vaqtida o‘qdan yaralandi, ammo tantanani to‘xtatishni istamadi, deb yozadi Rambler xabariga asoslanib Daryo.uz.
Kelin-kuyov foytun(kareta)da qarindoshlari qurshovida nikoh marosimi uchun restoranga ketayotgan vaqtda kutilmaganda ikki erkak ularning yoniga chiqib oldi va kuyovga qarata o‘q uzdi.
Yigit o‘ng yelkasidan yaralandi, yovuz niyatlilar esa qochib qoldi. Kuyovni kasalxonaga yetkazishdi, ammo uch soatdan keyin u to‘yga qaytib kelib, xursandchilik qilishda davom etdi.
Marosim tugagach, kuyov yana kasalxonaga ketishga majbur bo‘ldi, unga jarrohlik amaliyoti talab etilishi mumkin.
Guvohlarning da’vo qilishicha, o‘q uzgan shaxslar mototsiklda kelgan. Politsiya taxminiga ko‘ra, hujumga mehmonlar bilan janjal yoki kuyovga nisbatan shaxsiy nafrat sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar