06:47 / 25.11.2018
4 489

KXDR va Janubiy Koreya 14 yilda ilk bor yo‘l bilan tutashtirildi

KXDR va Janubiy Koreya 14 yilda ilk bor yo‘l bilan tutashtirildi
Shimoliy va Janubiy Koreya chegara hududida 14 yilda ilk bor tutash yo‘l paydo bo‘ldi. Bu haqda Janubiy Koreya mudofaa vazirligiga tayanib, AFP xabar bermoqda, deb yozadi «Daryo».

Tuproq yo‘l Janubiy va Shimoliy Koreyani ajratib turuvchi qurolsizlantirilgan zonada ekanligi ta’kidlanmoqda. U 1950—1953 yillardagi Koreya urushida halok bo‘lgan odamlar jasadlarini qidirish uchun bo‘lajak qo‘shma operatsiyalarda qo‘llaniladi.

Mazkur yo‘l rekonstruksiyasi sentyabr oyida Pxenyanda KXDR yetakchisi Kim Chen In va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In o‘rtasidagi uchrashuvda kelishilgan choralardan biri hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » KXDR va Janubiy Koreya 14 yilda ilk bor yo‘l bilan tutashtirildi