date
views 3 609

Endi baliqdan olingan biogaz bilan kemalar harakatlanadi

Endi baliqdan olingan biogaz bilan kemalar harakatlanadi
Foto: The Guardian
Norvegiyaning Hurtigruten dengiz sayohatiga ixtisoslashtirilgan kompaniyasi o‘z kemalarini baliq va organik chiqindilardan tayyorlangan biogaz bilan zapravka qilmoqchi.

The Guardianʼning yozishicha, kemachilikda foydalanib kelinayotgan dizel yoqilg‘isi atrof-muhitga katta zarar yetkazyapti. Baliq va boshqa organik chiqindilarni qayta ishlash yordamida olinadigan gazdan esa siqilgan holatda laynerlarni harakatlantirishda foydalanish mumkin.

Mazkur tashabbus atmosferaga parnik gazlari chiqarilishini kamaytirish va mintaqadagi ekologik vaziyatni yaxshilash imkonini berishi kutilayotir.

17 ta kemadan iborat flotga ega mazkur kompaniya 2021 yilgacha kamida oltita laynerini biogaz ishlatiladigan qilib qayta jihozlaydi.

Hurtigruten ijrochi direktori Daniel Skeldamning aytishicha, baliqchilik va o‘rmon xo‘jaligi Norvegiya iqtisodiyotida yetakchi tarmoqlardan hisoblanadi. Shu bois mamlakatdagi katta miqdordagi organik chiqindilar bioenergetikani rivojlantirish uchun yaxshigina qulaylik yaratadi.

Arktika va Antarktidaga kema sayohatlarini uyushtirish bilan shug‘ullanib keladigan Hurtigruten kompaniyasi bundan oldin bir marta qo‘llaniladigan plastmassa mahsulotlaridan foydalanish amaliyotidan voz kechgandi. Bu ekologiyaga salbiy ta’sir o‘tkazishni minimallashtirish maqsadida qilingandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Endi baliqdan olingan biogaz bilan kemalar harakatlanadi