Hongkong 2018 yilda sayyohlar eng ko‘p tashrif buyurgan shaharlar reytingining 1-o‘rnini egalladi. Ushbu shaharga yil boshidan beri 29,8 mln kishi tashrif buyurgan. Bu haqda Euromonitor International tahliliy kompaniyasi dokladida ma’lum qilingan.
Kompaniya olib borgan tadqiqot 600 shaharni qamrab olgan, ulardan 100 tasi yakuniy reytingga kiritilgan. Ekspertlar reytingni tuzishda tashrifi maqsadidan qat’iy nazar, shaharda kamida bir kun o‘tkazgan xorijiy sayyohlarni hisobga olishgan. Statistika mahalliy sayyohlar, mamlakatda bir yildan ko‘proq qolayotgan ishchilar va talabalarni o‘z ichiga olmagan.
Mutaxassislarning aytishicha, Hongkongga qiziqish Chjuxay-Makao-Hongkong ko‘prigi qurilishi yakunlanganidan va tezkor temir yo‘l paydo bo‘lgandan keyin oshgan.
Reytingning yetakchi uchtaligiga Bangkok (23,7 mln kishi) va London (20,7 mln) ham kirgan.
Bundan tashqari, yetakchi o‘ntalikdan Singapur, Makao, Parij, Dubay, Nyu-York, Kuala-Lumpur va Xitoyning Shenchjen shaharlari joy olgan.
Shu tariqa sayyohlar orasida eng ommabop shaharlardan 6 tasi Osiyoda joylashgan.
Yevropada eng ko‘p tashrif buyuriluvchi shaharlar Istanbul, Rim, Antaliya, Praga, Amsterdam, Barselona, Milan va Vena bo‘lgan.
AQShning sayyohlar orasida eng ommabop shaharlari Mayami, Los-Anjeles, Las-Vegas, Orlando va San-Fransisko bo‘lgan.
Joriy yilda 1,4 mlrd kishi sayohatga jo‘nagan, bu ko‘rsatkich 2017 yildagiga nisbatan 5 foizga o‘sgan.
Euromonitor International (EI) mahsulotlar va xizmatlar tahlili va tadqiqotini o‘tkazuvchi britan kompaniyasi bo‘lib, u sayyohlar orasidagi eng ommabop shaharlar reytingini har yili tuzadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi