Kolumbiyalik narkobaron Xuan Karlos Ramires Abadiya hibsga olinishdan qochish uchun ko‘plab plastik operatsiyalarni boshdan o‘tkazganini tan oldi. U uzoq vaqt politsiyani “laqillatib” yurishga muvaffaq bo‘lgan, biroq avvalgidek qolgan ovozi unga oxir-oqibat “pand bergan”.
Narkobaron Braziliyaning San-Paulu shahri yaqinida ushlangan. Shimoliy vodiy karteli yetakchisi dunyoda eng qidiriluvchi jinoyatchilardan biri bo‘lgan. AQShning giyohvand moddalar tarqatilishiga qarshi kurashuvchi boshqarmasi uning yashiringan joyidagi haqidagi ma’lumot uchun 5 mln dollar mukofot puli va’da qilgan. Shunga qaramay, jinoyatchi uzoq yillar yashirinib yurishga muvaffaq bo‘lgan.
Abadiyaning tan olishicha, u o‘z qiyofasini plastik operatsiyalar yordamida tanib bo‘lmas darajagacha o‘zgartirgan. U jag‘i, ko‘zlari, burni, qulog‘i va yonoqlarini to‘liq o‘zgartirgan. Uni eski suratlari bo‘yicha topib bo‘lmagan, biroq u yashiringan joyini tark etmaslikka harakat qilgan va u yerdan turib narkobiznesini boshqargan. Oxir-oqibat politsiya jinoyatchi telefon qo‘ng‘irog‘ini amalga oshirganda uning iziga tushishga muvaffaq bo‘lgan, chunki ovozi yuzidan farqli o‘laroq, o‘zgarishsiz qolgan.
Jinoyatchi AQShga ekstraditsiya qilingan. U o‘zining giyohvand modddalar sotish va ko‘plab qotilliklarni tashkillashtirishda aybdorligini tan olgan. Unga 30 yillik qamoq jazosi tayinlandi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi