AQSh prezidenti Donald Tramp sobiq davlat kotibi Reks Tillersonni “po‘kak kabi axmoq va o‘ta dangasa” deb atadi. U bu haqda tvitterda ma’lum qildi.
Avvalroq Tillerson CBS telekanaliga intervyuda Trampni intizomsiz va juda qiziqqon deb atagan hamda turli idoralar tomonidan u uchun maxsus tayyorlangan hujjatlarni o‘qimaganlikda ayblagan. Sobiq davlat kotibining ta’kidlashicha, u bir necha marotaba Trampni qonunni buzishdan to‘xtatib qolgan.
“Mayk Pompeo yaxshi ishlamoqda, men u bilan faxrlanaman. Undan avvalgi Reks Tillerson kerakli aqliy qobiliyatlarga ega bo‘lmagan. U po‘kak kabi axmoq bo‘lgan va men undan iloji boricha tezroq xalos bo‘lishim kerak edi. U o‘ta dangasa bo‘lgan. Endi esa o‘yin umuman o‘zgacha bormoqda, davlat departamentida umuman boshqacha kayfiyat”, deb javob bergan Tramp Tillersonning tanqidiga.
Tillerson AQSh davlat kotibi lavozimini 2017 yil fevralidan 2018 yil martigacha egallagan. U iste’foga ketkazilgach, davlat kotibi lavozimiga Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq direktori Mayk Pompeo tayinlangandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»