20:48 / 11.12.2018
6 726

Tehron shahri suv ostiga g‘arq bo‘lmoqda

Tehron shahri suv ostiga g‘arq bo‘lmoqda
Foto: Sputnik
Germaniya tadqiqot markazi olimlari Tehron tez orada jiddiy infratuzilma muammolariga duch kelishi haqida ogohlantirdi. Bu haqda «Sputnik» xabar berdi.

Yerosti suvlarining qurishi oqibatida Eron poytaxtining ayrim hududlari har yili 25 santimetrga cho‘kadi.

Bunday yer cho‘kishi devorlar va yerosti kommunikatsiya tizimining vayron bo‘lishiga olib keladi. Hatto eng mustahkam shaharlarda ham jarayon yiliga besh santimetrni tashkil qilmoqda.

Ispaniyalik mutaxassislarning ta’kidlashicha, Tehronda yer cho‘kishi dunyodagi eng yuqori suratlarda kechmoqda.

1984—2011 yillar davomida Eron poytaxtida suv sathining pasayishi 12 metrni tashkil qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tehron shahri suv ostiga g‘arq bo‘lmoqda