Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning pul yo‘qligi va mintaqaga haddan tashqari e’tibor berilishi haqidagi bayonoti oddiy holat sanaladi. Bu haqda 14 dekabr, juma kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov xabar berdi, deb yozmoqda Kun.uz.
«Davlat rahbari bilan suhbatda bo‘ladigan mintaqa rahbarlari ko‘pincha o‘z sub’ektlari hududidagi u yoki bu ob’ektlarni moliyalashtirish hajmini oshirish zarurligi haqidagi masalani ko‘taradilar. Xuddi shu narsa Checheniston Respublikasida ham kuzatilmoqda, bu rivojlanishning oddiy holati. Har doim pul yetishmaydi», - deya ma’lum qildi Peskov.
Dmitriy Peskov
Foto: IZVESTIYa/Pavel Bednyakov
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Checheniston Respublikasi rahbari Ramzon Qodirov xalaqit bermaslik va ko‘proq pul ajratishni so‘ragandi.
Qodirov Shimoliy Kavkazni rivojlantirish bo‘yicha Federal maqsadli dasturni bajarish samaradorligiga oid Hisob palatasining hisobotiga munosabat bildirib, pul yetishmovchiligi va mintaqaga haddan tashqari katta e’tibor qaratish unga ko‘proq narsaga erishishga to‘sqinlik qilganini aytdi.
Qodirov so‘nggi 11 yil ichida qanday katta yutuqlarga erishish imkoni bo‘lgani haqidagi savolga javob berib, ishonch bilan shunday dedi: «Albatta, qilishimiz mumkin edi». Mintaqa rahbarining bildirishicha, respublikaga katta muvaffaqiyatlarga erishish uchun ko‘proq pul kerak. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi