13:03 / 15.12.2018
4 163

Sayyoramizdagi "eng baxtli joy" ma’lum qilindi

Sayyoramizdagi "eng baxtli joy" ma’lum qilindi
Instagram ijtimoiy tarmog‘i xodimlari foydalanuvchilar tomonidan qo‘yilgan smayliklar, geolokatsiya va xeshteglarni tahlil qilishdi hamda 2018 yil yakunlari haqida ma’lumot berishdi. Bu haqda Instagram rasmiy saytida xabar qilingan.

Shu tariqa, eng baxtli geolokatsiya sifatida Instagram Tokiodagi Disneylendni tan oldi, sababi 2018 yilda eng baxtli smayliklar foydalanuvchilar tomonidan aynan Yaponiyadagi Disneylenddan olingan suratlar ostiga qo‘yilgan.

Shuningdek, ekspertlar yuz uchun eng ommabop filtrni ma’lum qilishdi: unga ko‘zlarida yurakchalar bo‘lgan filtr aylandi. Bundan tashqari, 2018 yilda eng ko‘p ishlatilgan xeshteglar #metoo, #timesup va #marchforourlives bo‘ldi.

Noyabr oyida Which? Britaniya iste’molchilar assotsiatsiyasi xodimlari sayohat qilish uchun eng xavfsiz davlatlar reytingini tuzishdi. Mutaxassislar to‘rtta mezon bo‘yicha 20ta eng ommabop turistik yo‘nalishni tahlil qilib chiqishgan: jinoyatchilik darajasi, sog‘liqqa tahdid, terakt ehtimoli va tabiiy ofatlar. Barcha mezonlar bo‘yicha eng xavfsiz mamlakatga Islandiya aylandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sayyoramizdagi "eng baxtli joy" ma’lum qilindi