19:59 / 21.12.2018
3 485

Radioboshlovchi efir vaqtida tinglovchini o‘z joniga qasd qilishdan qutqarib qoldi

Radioboshlovchi efir vaqtida tinglovchini o‘z joniga qasd qilishdan qutqarib qoldi
Britaniyaning Talk Radio radiosi boshlovchisi Ien Li efiriga Kris ismli odam qo‘ng‘iroq qiladi va gap orasida hayotdan to‘ygani uchun o‘z joniga qasd qilmoqchi ekanini aytadi. Radioboshlovchi qo‘ng‘iroq qilgan muxlisni yarim soat, to qutqaruvchilar suhbatdoshining manzilini topib borguniga qadar efirda ushlab turadi.

Krisning ovozi borgan sari bo‘g‘ilar, xushini yo‘qotib borardi. Boshlovchi esa uni uyg‘otuvchi turli so‘zlar, savollar bilan joylashgan yeri haqida javoblar oladi.

«Kris, men senga bir gap aytmoqchiman. Sening bugun o‘lishingi istamayman. Men sen qaysi ko‘chada ekaningni bilishim kerak. Men bugun tunda tirik qolishingni va ertaga men bilan gaplashishingni istayman”, – deydi boshlovchi Li.

«Aytdimku bugun tunda o‘lishingni istamayman. Chunki men seni yaxshi ko‘raman, aka! Yaxshi ko‘raman», – deya takrorlaydi va uni efirdan uzilib qolmasligiga urinadi.

Bu orada Plimut ko‘chalaridan birida o‘layotgan Krisga politsiya va tibbiyot xodimlari yordamga yetib borishga ulgurishadi. Shunday qilib, og‘ir ruhiy iztiroblar iskanjasiga tushib qolgan Krisning hayoti qutqarib qolindi.

Manba: Hordiq.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Radioboshlovchi efir vaqtida tinglovchini o‘z joniga qasd qilishdan qutqarib qoldi
[/banner_pushhouse