“Eng yoqimli boshlovchi yordamchisi”: jonli efir paytida kichkina itning qilig‘i e’tiborni tortdi

“Eng yoqimli boshlovchi yordamchisi”: jonli efir paytida kichkina itning qilig‘i e’tiborni tortdi

Filippinning Davao shahridagi jonli efir vaqtida yangiliklar boshlovchisi Melani Severinoning oyoqlari yonida kichkina it jimgina yotgani tomoshabinlar e’tiborini tortdi.

Severino uyda unga qaraydigan odam bo‘lmagani sababli itini o‘zi bilan televizion studiyaga olib kelgan. Eng qizig‘i, kichkina it butun efir davomida boshlovchining oyoqlari ostida deyarli qimirlamay yotgan.

Telekanal xodimlari ham vaziyatni tushunib, itning studiyada bo‘lishiga qarshi chiqmagan. Kadrda it juda kichik va deyarli ko‘rinmaydi. Biroq studiya xodimlari bu lahzani ijtimoiy tarmoqlarda ulashgach, video tezda tarqaldi.

Boshlovchi yangiliklarni professional tarzda davom ettirgan bo‘lsa-da, ijtimoiy tarmoqlarda tomoshabinlarning e’tiborini aynan uning kichkina hamrohi egalladi.

Ko‘rinishidan, it uchun televizion studiyadagi ilk chiqish ham juda muvaffaqiyatli o‘tgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar