Pentagondagilar AQSh prezidenti Donald Trampga amerikalik harbiylar Suriyani tark etayotgani munosabati bilan qurollarni kurdlarga qoldirish bo‘yicha taklif kiritishmoqchi. Bu haqda Kun.uz nashri Reuters agentligiga asoslangan holda xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishicha, kurdlarga qoldiriladigan qurollar ichida zirhli texnikalar hamda tanklar hujumiga qarshi raketalar ham mavjud. Bu taklif AQSh prezidenti tomonidan qanoatlantirilsa, Suriya shimolidagi kurdlarni terrorchilar sifatida qabul qiladigan Turkiya o‘z noroziliklarini bildirishi mumkin.
28 dekabr kuni Suriyadagi kurdlar muxtoriyati vakili Jeyhan Ahmad ma’lum qildiki, kurdlar Suriya armiyasi bilan mamlakat shimolidagi hududlarni, jumladan Frot daryosining g‘arbiy qirg‘oqlarini Turkiyaning ehtimoliy hujumidan himoya qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Suriya Demokratik kuchlari» rasmiy Damashq bilan «Turkiyaning yo‘lini to‘sish» bo‘yicha hamkorlik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 19 dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp IShID ustidan to‘liq g‘alaba qozonilganini e’lon qilgan va amerikalik harbiylarga Suriyani tark etishga buyruq bergandi. Keyinroq u Suriyadagi jangarilar qoldiqlariga qarshi kurash Rossiya, Turkiya va Eron kabi mamlakatlar tomonidan olib borilishi kerakligini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”