date

AirAsia’ning samolyoti yo‘qolgan hududda tutun izlari paydo bo‘lgani xabar qilindi

AirAsia’ning samolyoti yo‘qolgan hududda tutun izlari paydo bo‘lgani xabar qilindi

AirAsia aviakompaniyasiga tegishli Airbus 320-200 samolyoti yo‘qolgan hududga ehtimoliy aviahalokat joyida tutun izlari paydo bo‘lgani haqidagi xabarlarni tekshirish uchun bir necha vertolyot jo‘natildi. Bu haqda CBS News'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Qayd etishlaricha, tutun izlari Yava dengizi qirg‘oqlari yaqinida, quruqlikdan qayd etilgan.

Avvalroq, Indoneziya qutqaruv idorasi samolyot katta ehtimol bilan dengiz ostida bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminni ilgari surgandi. Shunga qaramay, hozircha qidiruv ishlari quruqlikda olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 28 dekabr kuni tongda AirAsia aviakompaniyasiga tegishli, Indoneziyaning Surabaya shahridan Singapurga uchib ketayotgan layneri radardan yo‘qolib qolgandi.

Taxminlarga ko‘ra, samolyot Indoneziyaga tegishli Belitung oroli qirg‘oqlari yaqinida qulagan bo‘lishi mumkin. Layner bortida 162 kishi bor edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AirAsia’ning samolyoti yo‘qolgan hududda tutun izlari paydo bo‘lgani xabar qilindi