
Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov 2019 yilning boshida AliExpress Russia’ni ochmoqchi.
RFPI, Alibaba Group, «Megafon» va Mail.ru’ning e-commerce sohasidagi qo‘shma korxonasi muvofiqlashtirishning yakuniy bosqichida bo‘lib, 2019 yil boshida ishga tushiriladi. Bu haqda «Rossiya-24» telekanaliga bergan intervyusida USM Holdings egalaridan biri Alisher Usmonov ma’lum qildi.
«Men ega bo‘lgan ma’lumotlardan kelib chiqsak, biz finishda turibmiz. O‘ylaymanki, 2019 yil ushbu korxona ishga tushadi, shunga umid qilyapmiz», - dedi u. Alisher Usmonovning ta’kidlashicha, bitimni yakunlash uchun alyans yaratishni nazarda tutadigan bir necha shartlarga rioya qilishni ta’minlash zarur.
Birinchidan, Rossiya resurslari tomonidan texnologik xavfsizlikni tashkil qilish, ikkinchidan, Alibaba kompaniyasi texnologiyalaridan Rossiyada foydalanish imkoniyatini yaratish. Bundan tashqari, tadbirkorning ta’kidlashicha, Rossiya Federatsiyasi hududida QK serverlarini joylashtirish darkor. USM xoldingi egalaridan birining qo‘shimcha qilishicha, yana ikkita texnologik band yakuniy muvofiqlashtirish bosqichida turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar