
Braziliya sudi 2005 yilgi "Oltin to‘p" sohibi Ronaldinoni jazoladi.
Endi u ma’lum bir muddat mamlakatdan tashqariga chiqmaydi. "Sport.es" xabariga ko‘ra, sobiq futbolchi 2015 yilda qilgan ekologik jinoyati uchun 2 million yevro jarimani to‘lamagan. O‘shanda Ronaldino o‘zi qurdirayotgan binolar ekologik talablarga zid ekanligini bilsa-da, qurilishni to‘xtatmagan.
Braziliyalik amaldorlar ushbu jarimani futbolchining hisob raqamidan yechib olmoqchi bo‘lgandi. Biroq bunda futbolchining 6 yevrosi bo‘lgan, xolos. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar