
AQSh armiyasining iste’fodagi polkovnigi Duglas Makgregor Fox News telekanali efirida AQSh qo‘shinlarining Suriyadan olib chiqilishi go‘yoki Rossiyani bu mintaqadagi ittifoqdoshlari bilan nizoga borishiga olib keladigan “ayyor qadam” deb atadi.
Makgregorning fikricha, Rossiya uzoq vaqtdan beri Turkiya, Eron va suriyalik isyonchilar bilan munosabatlarni o‘rnatib kelgan, AQSh qo‘shinlarining olib chiqilishi esa unga ushbu tomonlar o‘rtasida tanlov qilishga majbur qiladi.
“Biz Shimoliy Suriyadan iloji boricha tezroq ketishimiz kerak, chunki u yerda kurdlarga hujum qilishga tayyor bo‘lgan o‘n minglab turk askarlari bor. Biz Suriya hukumatini bu hududga kirishga majbur qildik, endi esa o‘zimiz ketmoqdamiz. Rossiya tanlov qilishiga to‘g‘ri keladi. Agar u Turkiyani Suriya hududiga qo‘ysa, unda suriyaliklar va eronliklarga ta’sirini yo‘qotadi”, deb hisoblamoqda sobiq harbiy.
Uning ta’kidlashicha, AQSh Suriyadan qo‘shinlarini olib chiqishi bilan “turli sheriklarni birlashtiruvchi omilni yo‘qqa chiqardi”.
“Ruslar, turklar va eronliklarning hamkorlik qilishi uchun endi hech qanday sabab yo‘q va bu yaxshi”, deb ta’kidlab o‘tgan Makgregor.
Suriyada AQShning 2 mingga yaqin harbiysi bo‘lgan. Ular “Suriya demokratik kuchlari” bilan birga Suriyaning tabiiy zaxiralarga boy sharqi va shimoli-sharqidagi hududlarni nazorat qilishgan.
Manba: kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar