Xitoyda yashovchi yigit «Apple» mobil telefoni va plansheti uchun qora bozorda buyragini sotdi. U endilikda buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekmoqda. Yigit 2011 yilda, 17 yoshda iPhone va iPad sotib olishga qaror qildi.
Yigitning ota-onasida bunday qimmat sovg‘aga pul yo‘q edi, shuning uchun u internet orqali inson organlarini sotib oluvchilarni topdi. Olib-sotarlar yigitning bitta buyragi uchun yaxshigina pul taklif qildi.
O‘sha yilning aprelida yigit ota-onasidan yashirib, boshqa provinsiyaga ketadi va buyragini sotib yuboradi. Yigitning buyragini esa to‘qqiz ming dollar evaziga boshqa kishiga ko‘chirib o‘tkazishadi. Yigitga bor-yo‘g‘i 22 ming yuan berishgan. U ushbu pullarga darhol iPhone 4 va iPad sotib olgan.
Oradan biroz vaqt o‘tgach, yigitning salomatligi yomonlasha boshlaydi. Unda buyrak yetishmovchiligi kuzatilib, yagona buyragi ham ishlamay qoladi. Gemodializ tufayli yigit bir necha sutkalab, joyidan tura olmayapti.
Operatsiyadan yetti yil o‘tib, bugungi kunda yigit davlat tomonidan ajratiladigan nafaqa hisobiga yashamoqda va muntazam parvarishga muhtoj bo‘lib qoldi.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?