AQShning Michigan universiteti olimlari Yerga 66 mln yil avval 14 kilometrlik asteroid tushishi oqibatida yuzaga kelgan ulkan sunamini modellashtirishdi.
Olimlarning fikricha, asteroidning tushishi dinozavrlarning qirilib ketishiga sabab bo‘lgan. Samo jismining Yerga urilishi zarbasi natijasida Yukatan yarimorolida diametri 180 km.lik va chuqurligi 17-20 km.lik Chiksulub krateri hosil bo‘lgan.
Tadqiqot mualliflarining hisob-kitobiga ko‘ra, falokat tarixda misli ko‘rilmagan, balandligi 1,5 km.lik sunamining shakllanishiga olib kelgan. Ayni vaqtda fanga ma’lum eng baland to‘lqinlar 24 metr darajasida qayd qilingan.
Yuzaga kelgan to‘lqinlar soatiga 143 km tezlik bilan sayyoramizni bir necha marta aylanib chiqib, sekin-asta o‘z kuchini yo‘qotib borgan.
Asteroid tushishi oqibatida sunamidan tashqari, atmosferaga katta miqdorda yonayotgan zamin va meteorit bo‘laklari otilgan, bu esa katta ko‘lamdagi o‘rmon yong‘inlariga olib kelgan. Yong‘in tutunlari sayyoramizni bir necha yilga quyosh nurisiz qoldirgan, bu esa ko‘plab jonzotlarning qirilib ketishiga olib kelgan.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
O‘zbekiston sobiq bosh prokurorining qidiruvdagi o‘g‘li Dubayda 7,9 mln dollarlik ko‘chmas mulkka egalik qiladi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari