BMT 2015 yilni “Xalqaro yorug‘lik yili” deb e’lon qildi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2015 yil «Xalqaro yorug‘lik va yorug‘lik texnologiyalari yili» deb e’lon qilindi. Bu haqda BMT Axborot markaziga asoslanib, “gbcghana.com” sayti xabar beradi.
Yilni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, aholini yorug‘likning ta’lim, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlashdagi muhim ahamiyatidan xabardorligini oshirishdan iborat.
2015 yil davomida YuNESKO ilmiy doiralar bilan hamkorlikda yangi yorug‘lik texnologiyalarini o‘zlashtirish orqali dunyoda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi hayot tarzini yanada farovonlashtirishni rag‘batlantirishga harakat qiladi.
Xalqaro yorug‘lik yilining ochilish marosimi 2015 yilning 19-20 yanvar kunlari YuNESKOning Parijdagi qarorgohida bo‘lib o‘tadi. Marosimda insoniyat tarixida tabiatdan yorug‘lik olish borasidagi ilmiy izlanishlari bilan fanni boyitgan olimlar yodga olinadi. Ular qatorida Ibn al-Xaysam, Ogyusten Jan Frenel, Djeyms Klerk Maksvell, Albert Eynshteyn va Charlz Kaolar bor.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing