12:55 / 13.01.2019
3 357

Trampning reytingi shatdaun ortida pasayib ketdi

Trampning reytingi shatdaun ortida pasayib ketdi
AQSh prezidenti D-t faoliyatini ma’qullash reytingi shatdaun ortida 44 foizgacha pasayib ketdi. Bundan Hill TV va HarrisX tadqiqot kompaniyasi olib borgan so‘rovnoma natijalari darak bermoqda. 56 foiz so‘ralganlar Trampning faoliyatini ma’qullamagan.

So‘rovnoma 8-11 yanvar kunlari olib borilgan, unda 3015 amerikalik ishtirok etgan.
Dekabrda Trampning reytingi 47 foizni tashkil qilgan.

Shatdaun 12 yanvarda davomiyligi bo‘yicha tarixiy rekord o‘rnatgan bo‘lsa-da, uning oxiri ko‘rinmayapti. Tramp chegara xavfsizligi va Meksika bilan chegarada devor qurilishiga 5,6 mlrd dollar ajratilishini so‘rashda davom etmoqda va bu talab qondirilmaguncha byudjetni imzolashdan bosh tortmoqda. Kongressning quyi palatasida nazoratni qo‘lga olgan demokratlar esa devor haqida eshitishni ham istashmayapti va yuzaga kelgan inqirozni “sun’iy” deb atashmoqda.

Bungacha eng uzoq davom etgan shatdaun 1995 yil dekabr-1996 yil yanvarida qayd etilgan va 21 kun davom etgan. Joriy shatdaun 2018 yil 22 dekabrda boshlangandi va 22 kundan beri davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampning reytingi shatdaun ortida pasayib ketdi