Armanistonning yangi parlamenti ilk yig‘ilishida mamlakat prezidenti Armen Sarkisyan bosh vazir etib ushbu lavozimni vaqtinchalik bajargan Nikol Pashinyanni tayinladi. Tegishli farmon prezident saytida joylashtirilgan.
Armaniston konstitutsiyasiga ko‘ra, mamlakat prezidenti parlament vakolatlari muddati boshlanishi bilanoq ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlagan nomzodni bosh vazir etib tayinlaydi.
Vazirlar mahkamasi bosh vazir tayinlangandan keyin 15 kunlik muddat ichida shakllantiriladi. So‘ngra bosh vazir 20 kun ichida parlamentga vazirlar mahkamasi dasturini taqdim qilishi kerak.
Dekabrdagi saylovlarga ko‘ra shakllantirilgan Armaniston parlamenti 132 deputatdan iborat bo‘ladi: hukmron blok “Mening qadamim” 88 o‘rin, “Gullayotgan Armaniston” va “Yorug‘ Armaniston” mos ravishda 26 va 18 o‘rin oladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi