Serbiyada Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Belgradga 17 yanvardagi tashrifi vaqtida suiqasd qilmoqchi bo‘lganlikda gumon qilingan 21 yoshli Armin Alibashich qo‘lga olindi. Bu haqda Serbiyaning “Pravda” nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, politsiya patruli Alibashichni Novi-Pazar shahri yaqinidagi Potok qishlog‘ida yo‘lda to‘xtatgan. Politsiyachilarning e’tiborini uning ryukzagi jalb qilgan. Ryukzak ichida optik nishonga olgichli miltiq aniqlangan.
Darhol shundan keyin yigitning uyida tintuv o‘tkazilgan. Tintuv vaqtida katta miqdorda qurol-aslaha va bomba tayyorlash uchun qurilma, jumladan kimyoviy moddalar va detonator uchun komponentlar aniqlangan. Bundan tashqari, gumonlanuvchining uyida IShID bayrog‘i hamda ushbu terrorchilik guruhining tashviqot materiallari va adabiyoti topilgan.
Alibashich aloqalarining tekshirilishi u suiqasdni Putinning Belgradga tashrifi vaqtida sodir etmoqchi bo‘lganini ko‘rsatgan. Maqolada aytilishicha, Putin Rossiya IShIDga qarshi e’lon qilgan urush sababli terrorchilar nishoniga aylangan, shu sababli bomba 17 yanvar kunlari portlatilishi mumkin bo‘lgan.
Xavfsizlik sohasi bo‘yicha mutaxassis Javad Galiyashevichning fikricha, gumonlanuvchi katta ehtimollik bilan bir o‘zi harakat qilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi