
Rossiya Mudofaa vazirligi nafaqat amaldagi harbiy xizmatchilarga, balki hozirgi vaqtda zaxirada bo‘lganlarga ham ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga cheklov qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Izvestiya» vaziyatdan xabardor suhbatdoshlariga tayangan holda yozyapti.
Davlat dumasining mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi raisi Vladimir Shamanovning tushuntirishicha, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga qo‘yiladigan cheklovlar davlat siridan xabardor shaxslarga nisbatan yoki «bu cheklov boshqa qonunosti hujjatlarida belgilab qo‘yilganida» qo‘llanilishi mumkin.
Avvalroq, Gazeta.ru nashri harbiylarga o‘z xizmatlari haqida ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumot berishni taqiqlab qo‘yish rejalari borligini ma’lum qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar