«Batkivshchina» partiyasi o‘z yetakchisi – Ukraina sobiq bosh vaziri Yuliya Timoshenkoni prezidentlikka nomzod etib ko‘rsatdi.
Timoshenkoning saylovoldi dasturi mamlakatga yangi iqtisodiy yo‘nalish zarurligiga asoslanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uch yildan buyon 100dan ortiq ekspertlar ushbu yo‘nalishni ishlab chiqish ustida ish olib bormoqda.
Yuliya Timoshenkoning fikriga ko‘ra, Ukrainaning yangi iqtisodiy yo‘nalishi mamlakat moliyaviy siyosatini o‘zgartirishni – Milliy bank ustidan to‘liq davlat nazorati o‘rnatish, inflyatsiyani to‘xtatuvchi amaldagi mexanizmlarni joriy etish, yangi soliq tizimini ishlab chiqish, kredit siyosatini o‘zgartirish va aholi daromadi darajasini oshirishni ko‘zda tutadi.
Yuliya Timoshenko Dnepropetrovskda tug‘ilgan bo‘lib, 58 yoshda. U 1998 yilda Oliy rada deputati sifatida siyosatga qadam qo‘ygan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi