3 935
Angliya banki Maduroning 1,2 mlrd dollarlik oltin yombilarni qaytarish talabini rad etdi
Angliya banki 26 yanvar kuni Venesuela prezidenti Nikolas Maduro hukumatining qiymati 1,2 milliard dollar boʻlgan oltin yombilarni mamlakatga qaytarish soʻralgan murojaatini qanoatlantirmaslikka qaror qildi. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.
Markaziy bank AQSHning ayrim mulozimlari, xususan, milliy xavfsizlik boʻyicha prezident yordamchisi Jon Bolton va davlat kotibi Mayk Pompeoning Buyuk Britaniyaga yordam soʻrab yoʻllagan murojaatidan soʻng shunday qarorga kelgan. Unda “Venesuela rejimining xorijiy aktivlarga chiqish imkoniyatini toʻxtatish” soʻralgan.
Xabarda aytilishicha, oʻtgan yilning 7 noyabrida Angliya banki noqonuniy yoʻllar bilan oʻzlashtirishning oldini olish maqsadida Venesuelaga qiymati 420 funt sterling (deyarli 550 million dollar) boʻlgan oltin yombilarni qaytarishdan bosh tortgan. Britaniya rasmiylari Venesuela hukumatidan qimmatbaho metallardan qanday maqsadlarda foydalanmoqchi ekanligi haqida maʼlumot talab qilgan.
2018 yilning dekabr oyida Venesuelaning “Avvalo adolat” va “Xalq irodasi” nomli ikki muxolifat partiyasi Angliya bankidan Maduroning talabiga binoat oltinlarni qaytarmaslikni soʻragan. Ularning fikriga koʻra, oltinlardan muxolifatchilarni taʼqib qilishni tashkil qilish maqsadida foydalanishlari mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi