17:22 / 03.02.2019
6 103

Ukraina prezidentligiga nomzod Rossiya prezidenti bilan uchrashmoqchi

Ukraina prezidentligiga nomzod Rossiya prezidenti bilan uchrashmoqchi
Shoumen va Ukraina prezidentligiga nomzod Vladimir Zelenskiy g‘arblik diplomatlar bilan uchrashuvda Donbassdagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha o‘z rejalari bilan o‘rtoqlashdi, deb yozadi Kun.uz «Strana.ua»ga tayanib.
Nashr suhbatdoshining aytishicha, uchrashuvda Fransiya elchisi Izabel Dyumon Zelenskiy Donbass muammosini qanday hal qilmoqchi ekanligiga qiziqqan.

«Uning (Vladimir Zelenskiyning) javoblari barchani hayratga soldi. U Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar stoliga o‘tirmoqchi ekanligini aytganida, elchilar undan prezident ma’muriyatiga radikallar o‘t qo‘yib yuborishidan cho‘chish-cho‘chimasligini so‘rashdi», degan manba.

31 yanvar kuni Zelenskiy Ukrainadagi prezident poygasida yetakchilik qilayotgani xabar qilingandi. “Reyting” ijtimoiy guruhi o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, uni so‘ralganlarning 19 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda.

Reytingning 2-o‘rnini sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenko egallamoqda, unga 18,2 foiz respondentlar ovoz berishga tayyor.
Amaldagi prezident Pyotr Poroshenkoni 15,1 foiz ishtirokchi qo‘llab-quvvatlagan.
Ukrainada prezident saylovi 31 martda bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina prezidentligiga nomzod Rossiya prezidenti bilan uchrashmoqchi