15:45 / 04.02.2019
5 548

Internetda Detslning o‘limi tasvirga olingan video tarqaldi (video)

Internetda Detslning o‘limi tasvirga olingan video tarqaldi (video)
Foto: Google Images
Internet tarmog‘ida reper Detsl hayotining so‘nggi daqiqalari aks etgan video paydo bo‘ldi, deb xabar berdi «Sputnik».

Voqea guvohi 35 yoshli reperning hayotini saqlab qolish uchun shifokorlarning jonlantirish harakatlarini videoga olgan.
Guvohlarning aytishicha, u konsertdan so‘ng o‘zini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgan. Grimxonasiga kirib, kursiga o‘tirgan va hushidan ketgan.

Reperning konsert rahbari Pavel Belenets shifokorlar taxminan yarim soat davomida uning hayotini saqlab qolishga harakat qilganini aytgan. Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, «adrenalin ukoli» qilishgan, biroq u yordam bermagan.

Eslatib o‘tamiz, Detslning o‘limi haqida 3 fevral kuni ertalab ma’lum qilingan. Biroq buning rasmiy sababi hali e’lon qilinmagan. Uning yaqinlari sud-tibbiy ekspertizasi yakunlanishini kutmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Internetda Detslning o‘limi tasvirga olingan video tarqaldi (video)